← Barcha loyihalar

SaaS platforma
Shifoxat.uz
Shifokorning raqamli yordamchisi: qabul, retsept va yo'llanma bitta oynada. O'zbek tilidagi MKB-10, 1 040+ dori bazasi va tayyor shablonlar.

Loyiha haqida
Shifoxat shifokor qabul paytida vaqtini hujjat to'ldirishga emas, bemorga sarflashi uchun yaratilgan. Shifokor tashxis va davolashni yozadi, tizim esa A4 xulosa, A5 retsept va yo'llanmani chop etishga tayyorlab beradi. Bemorlar kartotekasi, oldingi qabullar va nazorat muddatlari ham shu yerda.
Asosiy funksiyalar
- 10 996 ta MKB-10 tashxisi: lotin, kirill va rus tilida
- 1 040+ dori va dozalar bazasi, XNN bo'yicha qidiruv
- Pevznerning 27 ta parhez stoli, tashxisga mos tavsiya
- A4 xulosa, A5 retsept va yo'llanma, Word (.docx) eksport
- Internet bo'lmasa ham ishlaydi, keyin sinxronlanadi
Skrinshotlar
